Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antireyting. O‘zbekiston aholisini eng qiynayotgan tashkilotlar

Antireyting. O‘zbekiston aholisini eng qiynayotgan tashkilotlar

Foto: «Uza.uz»

Aholi qaysi tashkilotlardan, tizimlardan ko‘proq norozi ekanligi ulardan kelayotgan shikoyat va arizalar oqimidan ham bilish mumkin.

O‘zbekiston Istemolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi murojaatlar o‘rganish borasidagi 2018 yilning o‘tgan 6 oylik davomidagi ma’lumotlarini e’lon qildi.

Hisobot davrida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (shahar) jamiyatlariga iste’molchilardan jami 6 713 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur ariza va shikoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida 2 171 taga oshganligi kuzatildi.

Aholi tomonidan mazkur hisobot davrida federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi:

  • savdo sohasiga 1 983 ta (jami arizalarning 29,5 %);
  • tabiiy gaz ta’minoti sohasiga 1 425 ta (jami arizalarning 21,2 %);
  • elektr ta’minoti sohasiga 1 038 ta (jami arizalarning 15,5 %);
  • suv ta’minoti sohasiga 450 ta (jami arizalarning 6,7 %);
  • kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga 331 ta (jami arizalarning 4,9 %);
  • aloqa sohasiga 203 ta (jami arizalarning 3,0 %);
  • transport sohasiga 183 ta (jami arizalarning 2,7 %);
  • sog‘liqni saqlash sohasiga 151 ta (jami arizalarning 2,2 %);
  • va boshqa sohalarga 949 ta (jami arizalarning 14,1 %) mansubdir.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ortidan aholining huquqiy savodxonligi o‘sib, qonuniy haq-huquqlarini anglab murojaat qilish madaniyati shakllanmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring