Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anomal sovuq paytida ham elektr o‘chiriladi

Anomal sovuq paytida ham elektr o‘chiriladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq nam havo massalari kirib kelishiga qaramasdan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilayotgan cheklovlar davom ettiriladi.

Shuningdek, energotizimda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan grafiklarga asosan qisqa muddatli cheklovlar kiritiladi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytiriladi.

Iste’molchilarga kunlik ko‘mir yetkazib berish hajmi 5000 tonnadan 8000 tonnaga oshiriladi. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari va markazlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida kuniga o‘rtacha 49 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring