Anomal sovuq ob-havo bugun ham davom etadi

13-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchsiz qor yog‘ishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -7-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent shahrida ertalab kuchsiz qor yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -10-12 daraja soviydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, tuman tushadi. Qor ko‘chish havfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -10-15 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter