Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonning Bo‘z tumani hokimi o‘zgardi

Andijonning Bo‘z tumani hokimi o‘zgardi

Foto: «Auz.uz»

Bo‘z tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi.

Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qatnashdi. Bu haqda «Andijonnoma» nashri xabar berdi.

2017-yilning 23-fevralidan hozir kunga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdurashid Rayimjonovich Mamirov betobligi tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga 2014-yil 13-maydan Asaka tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - Asaka shahar hokimi sifatida ishlab kelayotgan Inomjon Solijonovich Mamadaliyev yangi hokim etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, I.Mamadaliyev 1975-yilning 24 yanvar kuni Andijon viloyati, Asaka tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yilda Andijon davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. U Asaka shahar IIB huquqbuzarliklarni oldini olish guruhi katta inspektori, Asaka shahar IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, Viloyat IIB huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring