Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik fermer kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bog‘cha qurib bermoqchi

Andijonlik fermer kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bog‘cha qurib bermoqchi

Andijonlik fermer Abduhoshim Nurmatov

Foto: «Auz.uz» / Azamatjon Toshmatov

Andijonlik fermer Abduhoshim Nurmatov 2018-yilda nogironligi bo‘lgan shaxs oilasi uchun bepul uy qurib berish, 25 nafar kam ta’minlangan oila farzandiga bog‘cha tashkil qilishni diliga tugib qo‘ydi.

Abduhoshim Nurmatov esini tanigandan buyon yer bilan tillashadi. U nafaqat Buloqboshida, balki butun Andijonda dong taratgan dehqonlardan biri, deyiladi «Andijonnoma» gazetasi saytida.

Qayd etilishicha, joriy yilda fermer xo‘jaligi pilla tayyorlash rejasini 120 foizga uddaladi. Gektariga paxtadan 45 sentner, g‘alladan 62 sentner hosil ko‘tardi. Takroriy ekinlardan 200 million so‘m daromad oldi. Sof foyda esa 500 million so‘mni tashkil qildi. Yakunlanayotgan yilda ham saxovatli ishlarga daromadidan talaygina mablag‘ ajratdi.

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti farmoniga ko‘ra, A.Nurmatov «Do‘stlik» ordeniga munosib ko‘rildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring