Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda haydovchilar nogironlarni avtobusga chiqarmadi

Andijonda haydovchilar nogironlarni avtobusga chiqarmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov tomonidan Andijon shahridagi avtobus yo‘nalishlarida imkoniyati cheklangan fuqarolarning jamoat transporti xizmatidan foydalanish holatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan ijtimoiy tajribasi to‘g‘rsidagi videorolik tarqalgan.

Mazkur ijtimoiy tajriba davomida yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan avtobus haydovchilari turli bahonalar bilan nogironligi bo‘lgan shaxsning jamoat transporti xizmatidan foydalanishini rad etishganini ko‘rish mumkin.

Ushbu holat Andijon viloyati Transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan va maxsus ishchi guruhi tuzilib o‘rganilgan. O‘rganish davomida «Alpomish Merosi» MChJ tomonidan yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan barcha yangi avtobuslarda pandus (apparel) uskunasi texnik soz holatda ekani aniqlangan.

Biroq korxonaga ishga yangi qabul qilingan haydovchilar aksariyati ushbu uskunadan to‘g‘ri foydalanishni bilishmagani aytilgan. Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda 22 iyun kuni viloyat transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda barcha toifadagi yo‘lovchilarga sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, pandus (apparel) bilan jihozlangan avtobus haydovchilariga zarurat tug‘ilganda ushbu uskunadan to‘g‘ri foydalangan holda yo‘lovchilarga xavfsiz xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring