Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 44 masjiddan ortiqcha to‘lov undirilgan

Andijonda 44 masjiddan ortiqcha to‘lov undirilgan

foto: xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan hududlarda elektr ta’minoti korxonalarining elektr energiyasi uchun tariflarni to‘g‘ri qo‘llanilganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

Qo‘mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi rejasiga asosan joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan o‘rganishda «Andijon HETK» AJ tomonidan viloyatdagi diniy tashkilotlarga, shu jumladan, masjidlarga 2019-2021-yillarda elektr energiyasi uchun belgilangan tariflar noto‘g‘ri qo‘llanilganligi aniqlangan.

Shuningdek viloyatdagi 44 ta diniy tashkilotlarga, shu jumladan masjidlarga aholi uchun belgilangan narx (295 so‘m) qo‘llanilmay, ulgurji iste’molchilar uchun belgilangan narx (450 so‘m) qo‘llanilganligi aniqlangan. Buning natijasida masjidlardan jami 74 378,9 ming so‘m ortiqcha undirilgani aniqlangan.

Bugungi kunda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan noto‘g‘ri hisoblagan mablag‘larni masjidlarga qayta hisob-kitob qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday holatlarni oldini olish maqsadida bugungi kunda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan o‘z hududlarida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring