Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahrining yangi hokimi eski hokim qarorlarini bekor qildi

Andijon shahrining yangi hokimi eski hokim qarorlarini bekor qildi

Andijon shahrining yangi hokimi G‘afurjon Abdurahmonov sobiq hokim Bahrom Haydarovning bir necha qarorlarini bekor qilish haqidagi qarorni imzolagan.

«Andijon shahar hokimining 2022 yil 21 apreldagi 99-1-29-Q/22-sonli, 2022 yil 17 maydagi 135-1-29-Q/22-sonli, shuningdek 2022-yil 6-7 iyun kunlari qabul qilingan 159-1-29-Q/22, 160-1-29-Q/22, 161-1-29-Q/22, 162-1-29-Q/22, 163-1-29-Q/22, 164-1-29-Q/22, 165-1-29-Q/22, 166-1-29-Q/22, 167-1-29-Q/22, 168-1-29-Q/22, 169-1-29-Q/22, 170-1-29-Q/22, 171-1-29-Q/22, 172-1-29-Q/22, 173-1-29-Q/22, 174-1-29-Q/22, 176-1-29-Q/22, 177-1-29-Q/22, 178-1-29-Q/22, 179-1-29-Q/22, 180-1-29-Q/22, 181-1-29-Q/22, 182-1-29-Q/22, 183-1-29-Q/22, 184-1-29-Q/22-sonli qarorlarini hamda 89-1-29-F/22, 90-1-29-F/22 va 91-1-29-F/22-sonli farmoyishlari qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilinganligi sababli bekor qilinsin», deyiladi hujjatda.

Ko‘rib turganingizdek, bekor qilingan qarorlarning aksariyatini sobiq hokim qamoqdalik paytida imzolagan hujjatlar tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, G‘afurjon Abdurahmonov Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon shahri hokimi etib tayinlangan edi.

Shaharning sobiq hokimi Bahrom Haydarov katta miqdorda pul o‘zlashtirishda ayblangan, keyinroq protsessual tartibda ushlangan va qamoqqa olingan edi. Ammo qamoqqa olingan kunlari ham bir necha muhim hujjatlarga imzo qo‘ygani Xabar.uz e’tiborini tortgandi.

Adliya vazirligi elektron shaxsiy kabineti orqali hokimiyat vakili hokim nomidan imzo qo‘ygani va shaxsiy kabinet bloklanganini bildirgan. Ushbu holatni Bosh prokuratura o‘rganmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring