Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

Foto: «Xalq so‘zi»

Bugun, 26-avgust kuni xalq deputatlari Andijon shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Bahromjon Nosirboyevich Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi.

Bahromjon Haydarov 1972-yil tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi. U 2018-yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring