O‘zbekistonda Amir Temur tavalludining 683 yilligi keng nishonlanmoqda (foto)
Bugun yurtimiz bo‘ylab Sohibqiron tavalludining 683 yilligi keng nishonlanmoqda. Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida o‘tkazilgan tantanali tadbirda parlament a’zolari, diplomatik korpus, vazirlik va idoralar vakillari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mudofaa vazirligi ofitserlari ham tantanali tadbirda qatnashib, buyuk sarkardaga hurmat bajo keltirdi.
Xiyobonda tashkil etilgan tadbirdan so‘ng Temuriylar tarixi davlat muzeyida, turistlar, o‘quvchi yoshlar, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda poytaxtimiz mehmonlari uchun muzey eshiklari ochib qo‘yildi. Barchaga Temuriylar tarixiga oid qiziqarli faktlar, tarixiy eksponatlar bilan tanishishlari uchun imkoniyat yaratib berildi. Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestrning chiqishi hammani lol qoldirdi. Chunki, orkestr san’atkorlari bu safar Amir Temur davridagi askarlar kiyimlarida chiqishib, vatanparvarlik kuylarini ijro etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter