Alisher Qodirov Qashqadaryo hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Qodirov Alisher Abdulaxatovich Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 1975-yil Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan.
U hozirgacha Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining avvalgi o‘rinbosari Nodir Erkayev Chiroqchi tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter