Aktyor Kimsanboy Sobirov vafot etdi

Kimsanboy Sobirov.
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Kimsanboy Sobirov vafot etdi. Bu haqda madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan «Temir xotin» spektakli xalqimizning sevimli sahna asariga aylangandi. Bugun ham uni barcha sevib tomosha qiladi.
«Temir xotin»da bosh rolni o‘ynagan O‘zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupovga «Qo‘chqor aka», Olim rolidagi Kimsanboy Sobirovga «Olimtoy» deya murojaat qilishlari bejiz emas.
Ijodiy faoliyati davomida o‘nlab rollarni maromiga yetkazib ijro etgan Kimsanboy Sobirov mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arfasida Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Afsuski, bir umr muxlislari ardog‘ida «Olimtoy» bo‘lib yashagan taniqli aktyor 65 yoshida vafot etdi.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila-a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter