Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akmal Nur va Abdulaziz Komilov Yaponiyaning yuksak mukofotiga sazovor bo‘ldi

Akmal Nur va Abdulaziz Komilov Yaponiyaning yuksak mukofotiga sazovor bo‘ldi

Yaponiya hukumatining joriy yil 3-noyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.

Yaponiya elchixonasi xabariga ko‘ra, Akmal Nur (Nuriddinov) ikki tomonlama do‘stona aloqalarni mustahkamlash, O‘zbekistonda yapon madaniyatini ommalashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun «Chiqayotgan quyosh» ordeni  bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Badiiy akademiya raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nurga 2022-yilda Yaponiya tashqi ishlar vazirining Faxriy yorlig‘i ham topshirilgan edi.

O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov esa «Chiqayotgan quyosh katta kordon» ordeniga munosib ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, uzoq yillar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan taniqli diplomat oliy darajadagi tashrif va tadbirlarni tashkillashtirish, o‘zaro strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish, umuman, ikki tomonlama do‘stlik robitalarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan.

Avval xabar berganimizdek, 2022-yil mart oyida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ham Yaponiyaning «Chiqayotgan quyosh katta kordon» ordeni topshirilgan edi.

O‘tgan yilning noyabrida o‘sha vaqtda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri vazifasida ishlagan Aziz Abduhakimov ham Kunchiqar o‘lkaning nufuzli mukofoti bilan siylangandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring