Akademik Shavkat Akmalxonov vafot etdi
Chorvachilik sohasi rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shgan zabardast va buyuk olim, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi», qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik Akmalxonov Shavkat Asamovich 2020-yil 11-oktyabrda 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
Akmalxonov Shavkat Asamovich 1933-yil 18-avgust kuni Toshkent shahrida ziyoliylar oilasida tavallud topgan. 1956-yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutini olim zootexnik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Buyuk olim o‘z mehnati faoliyati davomida 10 ga yaqin doktorlik ishlariga, 20 dan ortiq nomzodlik ishlariga rahbarlik va opponentlik qilgan. Akmalxonov Shavkat Asamovich tayyorlagan shogirdlari bugungi kunda soha rivoji, yurt ravnaqi yo‘lida hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter