Aholisi ko‘paygan Toshkent, mag‘lubiyatini tan olgan Poroshenko, O‘zbekistonda yana yomg‘irli kunlar va boshqa xabarlar
22-aprel kuni turli qiziqarli voqealar va ma’lumotlarga boy bo‘lmoqda. Ushbu kunda O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.
Jamiyat
Toshkent shahri aholisi soni 2,5 milliondan oshdi
O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2019-yil 1-aprel holatiga 33 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 foizga o‘sdi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.
Viloyatlar orasida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati (3 813,6 ming) yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinda Farg‘ona (3 695,5 ming) qayd etilgan. Poytaxt aholisi soni 2,5 milliondan oshgan.
Xorij
Petr Poroshenko mag‘lubiyatni tan oldi
Ukraina prezidentligiga nomzod va amaldagi prezident Petr Poroshenko saylovdagi mag‘lubiyatni tan oldi. Kecha bo‘lib o‘tgan saylovda ekzitpol natijalariga ko‘ra ovoz beruvchilar Vladimir Zelenskiyga 73,2 foiz ovoz berishgan.
Tavsiya qilamiz
O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum bo‘ldi
Toshkentdan davlat uyini sotib olish uchun kamida 10 yillik propiska talab etilishi mumkin
Bozorlardagi narxlar: eng arzon go‘sht Toshkent va Nukusda, eng qimmati Termizda
Dunyodagi eng katta Qur’on kitoblaridan biri Samarqandda ekanini bilasizmi?
Jamiyat
O‘zbekistonda yomg‘irli kunlar davom etishi kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazi 23-aprel kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yurtimizda yana yomg‘irli havo davom etishi bashorat qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter