Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga kompensatsiya to‘lanadi

Aholiga kompensatsiya to‘lanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda so‘nggi yillardagi islohotlar natijasida aholining elektr ta’minotidagi uzilishlar ancha qisqargani qayd etildi.

Lekin, kuz-qish mavsumida aholining gazga bo‘lgan ehtiyoji keskin oshishi sababli barcha yuklama elektr tarmoqlariga tushmoqda.

Hozirgi kunda aholining kamida 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qo‘shimcha talabi mavjud. Kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj yana 10 milliard kilovatt soatga oshadi.

Bunday vaziyatda eng samarali yo‘l – muqobil energiyadan foydalanishni ko‘paytirish.

Bu borada 2019-yilda alohida jamg‘arma tashkil qilinib, aholiga budjetdan subsidiya berish tizimi joriy etildi.

Lekin birorta viloyat, tuman va shahar hokimida yoki vazirda o‘z tizimidagi tashkilotlarda energiya iste’moli, uni tejash, muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha hisob-kitob yo‘qligi, ular joriy qilingan subsidiya va kompensatsiyadan o‘z tarmog‘i yoki hududida foydalanish bo‘yicha jon kuydirmagani tanqid qilindi.

Prezident ushbu masala umummilliy ahamiyatga egaligini qayd etib, muqobil energiya uskunasini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

Bunda, aholi va tadbirkorlarga:

  • o‘rnatilgan quyosh va shamol elektr uskunalari uchun quvvatiga qarab 15 million so‘mgacha, suv isitish qurilmasi uchun esa 2 million so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi;
  • yoki uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Ushbu tizim Energetika vazirligining maxsus jamg‘armasi orqali joriy etilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring