Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholidan gaz uchun yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Aholidan gaz uchun yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

2020 yilning yanvar oyida Samarqand gaz ta’minoti filiali bilan Pastdarg‘om tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona o‘rtasida ikki tomonlama, ya’ni aholi tomonidan tabiiy gaz uchun to‘langan to‘lov pullarini qabul qilib, hisob raqamlariga o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, xususiy korxona ish boshqaruvchisi 29 yoshli B.B., Pastdarg‘om tumani gaz ta’minoti bo‘limining ma’muriy binosida tuman aholisidan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni naqd pul shaklida qabul qilib, fuqarolarga muhrlangan to‘lov kvitansiyalarini taqdim qilishi va pul mablag‘larini gaz ta’minoti filiali hisob raqamiga o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, 2020-yilning avgust oyi davomida xususiy korxona ish boshqaruvchisi B.B., Pastdarg‘om tumanida yashovchi jami 264 nafar fuqarolardan tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lov qilingan umumiy 59.322.000 so‘m miqdoridagi pullarni qabul qilib olib, ularga muhrlangan kvitansiyalar taqdim qilgan bo‘lsa-da, ushbu pul mablag‘larini gaz ta’minoti filiali hisob raqamiga o‘tkazmagan. U g‘araz niyatda Pastarg‘om tumani gaz ta’minoti bo‘limining mas’ul xodimi 25 yoshli Sh.O‘. bilan jinoiy til biriktirib, soxta ma’lumotlarni kiritib, ushbu pul mablag‘lari gaz ta’minoti filialining hisob raqamiga tushganligini ko‘rsatib, o‘zining jinoiy qilmishlarini yashirgan va fuqarolarning pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v» bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring