Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ahmadjon Meliboyev: «Sen plovni sevasanmi?» degan yozuv yonidan jim o‘tib ketadiganlarni xalq deb bo‘lmaydi»

Ahmadjon Meliboyev: «Sen plovni sevasanmi?» degan yozuv yonidan jim o‘tib ketadiganlarni xalq deb bo‘lmaydi»

Foto:«Xabar.uz»

Farg‘ona shahrida «So‘z erkinligi va ma’suliyati» mavzusida press-klub o‘tkazilgani xususida xabar bergan edik. Ushbu tadbirda davlat tili va uni rivojlantirish ahamiyatlari haqida ham so‘z bordi.

Taniqli jurnalist, «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyevning aytishicha, tilni to‘g‘rilashda, rivojlantirishda har bir kishi jon kuydirishi zarur.

«Mana yaqinda qaror chiqdi, davlat tilini rivojlantirish komissiyasi tuzildi. Ammo bilib qo‘yaylik, komissiya tilimizni to‘g‘irlab bermaydi, buning uchun har birimiz harakat qilmog‘imiz lozim.

Hatto ruslarda ham bu masala ko‘tarilmoqda. Ular aytmoqda: nega fransuzcha «prezident» so‘zini ishlatamiz, bizda «glava gosudarstva» so‘zi bor. «Armiya»ning o‘rniga «voyska»ni qo‘llasak bo‘lmaydimi deb.

Ko‘chalardagi reklama, so‘zlarni nazorat qilish kerak. Bu umumxalq harakatiga aylanishi kerak.

«Sen plovni sevasanmi?» deb yozib qo‘yibdi bir reklamada. Qarang, ruscha «plov» so‘zi o‘zbekcha e’londa ketyapti. Bu yozuv yonidan jim o‘tib ketadiganlarni esa xalq deb bo‘lmaydi», —  deydi jurnalist.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring