Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Afrosiyob» endi Jizzaxda ham to‘xtab o‘tadi

«Afrosiyob» endi Jizzaxda ham to‘xtab o‘tadi

Foto: «railway.uz»

Bugun, 2-fevraldan boshlab, Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa to‘xtashi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent-Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan 762 «Afrosiyob» poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Tezyurar poyezd Toshkent vokzalidan soat 07.28 da harakatini boshlaydi va Jizzax vokzaliga soat 08.54 da kirib borib, soat 08.56 da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga esa soat 09.42 da kirib borib, 09.50 da harakatlanadi. Navoiy vokzaliga esa soat 10.40 da to‘xtaydi va 2 daqiqadan so‘ng harakatini davom ettirib, soat 11.19 da Buxoro vokzaliga yetib boradi.

Shuningdek, Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan №761 «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi Buxoro vokzalidan soat 15.50 da harakatini boshlaydi. Soat 16.27 da Navoiy vokzaliga kirib keladi va soat 16.29 da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 17.20 da yetib kelib, soat 17.28 da harakatini boshlaydi. Jizzax vokzaliga esa soat 18.14 da kirib kelib, ushbu vokzaldan soat 18.16 da harakatini davom ettiradi va poyezd soat 19. 44 da Toshkent markaziy vokzaliga yetib keladi.​​

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring