«Adolat» SDP beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazadi
Tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemor bolalarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston «Adolat» SDP tomonidan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi.
«Albatta, beg‘araz qon topshirish, biror-bir inson hayotini saqlab qolish — insonning insonga taqdim etgan oliy darajadagi sovg‘asidir. Hayot baxsh etish – savob ishlarning oliy ifodasidir.
Bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli ishga bel bog‘lagan hamshaharlarimizni joriy yilning 1-iyun kuni soat 11:00 dan 14:00 ga qadar Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutiga taklif etamiz.
Ushbu aksiya nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalarida ham shu kunning o‘zida tashkil qilinadi.
Sizning qoningiz og‘ir bemor bolalar va ularning hayotidan umidvor ko‘ngillarga malham bo‘lishi shubhasiz», — deyiladi partiya rasmiy saytida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter