Adliya vaziri: «Propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘ladi»
25-yanvar kuni Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan adliya vaziri Ruslanbek Davletov propiska masalasiga to‘xtalib, bu «muammo yaqin orada uzil-kesil hal bo‘lishi»ni ta’kidladi.
«Propiska» pasportdagi kichkinagina shtamp bo‘lsa ham, Prezidentimiz aytganidek, u yillar davomida xalqimizning oyog‘ida kishan bo‘lib keldi. Ohirgi ikki-uch yil ichida «propiska» bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda yengiliklar kuzatish mumkin. Masalan, yaqinda qabul qilingan qonunga asosan, «propiska»siz ishga olingan holatda mavjud ma’muriy javobgarlik olib tashlandi. Avval ish biruvchi jarima to‘lashga majmur bo‘lgan. Er-xotinning kamida bir yil birgalikda yashayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish talabi bor edi u ham bekor qilindi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda. Kuni kecha Prezidentimiz juda katta masala sifatida parlamentga, hukumatga xorijiy tajribani e’tiborga olib, shu sohani isloh qilishni aytdilar. Xorijiy tajriba qanaqa? Misol uchun, Yevropa ittifoqini asosiy to‘rtda prinsipi bor. Bu tovar, kapital, xizmatlar va mehnat resurslarini erkin harakatlanuvi. Ya’ni, muammoni yechish erkin kasb tanlash, mehnat bozorini shakllantirish, urbanizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda bu masala uzil-kesil hal bo‘ladi» dedi adliya vaziri.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida «propiska tufayli O‘zbekiston 30 yil davomida o‘z fuqarolari oyog‘iga kishan urib kelganini» ta’kidlab o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter