BAAda qizlarni fohishalikka majburlagan xorazmlik ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi X.N. xorazmlik bir necha yosh qizni 2017-yil aprel oyida aldov yo‘li bilan Birlashgan arab amirliklarning Abu-Dabi shahriga chaqirtirib olgan. Ularni qariyb to‘qqiz oy davomida, ya’ni 2017-yilning dekabr oyiga qadar turli erkaklar bilan pul evaziga jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagan. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Xorazm IIB tomonidan olib borilgan maxsus tadbirlar natijasida X.Noilaning ham qilmishlari fosh etildi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter