«Abduqodir Mo‘minov ishi» bo‘yicha sud boshlandi. Nimalar ma’lum?
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Abduqodir Mo‘minov (1990- yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, «Oynaga qarang» MChJ rahbari, muqaddam sudlanmagan)ga nisbatan sud jarayoni boshlandi.
U Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «b», «v» bandlari, 4-qismi «a» bandi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi va 28,211-moddasi (pora berishda ishtirokchilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi S. Sodiqov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.
Abduqodir Mo‘minov joriy yilning fevral oyida qo‘lga olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter