Abdulaziz Kamilov Germaniyaning yangi elchisini qabul qildi
24-avgust kuni TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Germaniyaning Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Tilo Klinnerni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilar ekan, vazir elchini mas’ul lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi hamda uning O‘zbekiston-Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida ishlashiga umid bildirdi.
Turli darajalardagi bo‘lajak tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.
Germaniya tomoni O‘zbekistonga Afg‘onistondan chet el fuqarolari va diplomatlarni evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter