9-aprel. Sohibqiron tavalludi, Taqvodorning halokati, Cherchill — AQSh fuqarosi, «Bitlz»ning boshiga yetgan Makkartni va boshqa voqealar
Bayram va muhim sanalar
- Konstitutsiya kuni (Boliviya, Kosovo).
- Milliy birdamlik kuni (Gruziya).
- Qurbonlar kuni (Tunis).
- Mardlik kuni (Filippin).
- Fin tili kuni (Finlyandiya).
Voqea-hodisalar
- 1241-yil — Legnitsdagi jangda Chingizxonning nevarasi Baydar boshchiligidagi mo‘g‘ullar Genrix II Taqvodor boshchiligidagi nemis-polyak qo‘shinini tor-mor qildi. Genrix II jangda halok bo‘ldi.
- 1454-yil — Italiya shahar-davlatlari Lodi tinchlik shartnomasini tuzishdi.
- 1667-yil — Parijda dunyodagi birinchi san’at asarlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
- 1682-yil — Rober de la Sal Missisipi deltasini Fransiya qiroli Lyudovik XIV mulki deb e’lon qildi va qirol sharafiga bu yerga Luiziana (hozir AQSh shtati) nomi berildi.
- 1799-yil — ingliz kimyogari Hemfri Devi azot oksidi(I)da anestezik xususiyat borligini aniqladi.
- 1860-yil — fransuz ixtirochisi Eduar de Martenvil fransuz xalq qo‘shig‘i — «Oy nuri»ning birinchi ovozli yozuvini yasadi. Bu yozuv hozir Parij arxivida saqlanayapti.
- 1865-yil — Appomattoksda Shimoliy Virjiniya armiyasi taslim bo‘ldi. AQShda fuqarolar urushi tugadi.
- 1914-yil — Tampikoda AQSh-Meksika mojarosi boshlandi.
- 1928-yil — Turkiyada islom rasmiy din deb tan olindi.
- 1930-yil — Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi videotelefon orqali muloqot o‘tkazildi.
- 1940-yil — Germaniya natsistlari Norvegiya va Daniyaga bostirib kirdi.
- 1940-yil — Oslofordda nemislarning «Blyuxer» og‘ir kreyseri cho‘ktirib yuborildi.
- 1945-yil — sobiq SSSR qo‘shinlari Kyonigsberg(Kaliningrad)ni egalladi.
- 1945-yil — Hitlerga qarshi isyonda qatnashgan abver rahbari admiral Kanaris Flossenbyurg konslagerida osib o‘ldirildi.
- 1963-yil — Uinston Cherchill AQShning faxriy fuqarosi unvonini olgan birinchi xorijlik bo‘ldi.
- 1966-yil — Vatikan to‘rt asrdan ko‘p amalda bo‘lgan Taqiqlangan kitoblar indeksini bekor qildi.
- 1970-yil — Pol Makkartni Jon Lennon bilan boshqa hamkorlik qilmasligini aytdi. «Bitlz» guruhi tarqab ketdi.
- 1989-yil — Duglas Engelbart kompyuter sichqonchasini ixtiro qilgani uchun (1968 yil) Massachusets texnologiya institutining faxriy mukofoti(500 ming dollar)ga sazovor bo‘ldi.
- 1991-yil — Gruziya Oliy kengashi Gruziyaning davlat mustaqilligini tiklash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
- 2000-yil — Eduard Shevardnadze Gruziya prezidentligiga qayta saylandi.
Tavallud kunlari
- 1336-yil — Amir Temur, buyuk sarkarda va hukmdor.
- 1806-yil — Isambard Kingdom Bryunel, ingliz muhandisi, birinchi transatlantik yo‘lovchi kemasini yasagan.
- 1919-yil — Jon Presper Ekert, elektron kompyuter ixtirochisi.
- 1933-yil — Jan-Pol Belmondo, fransuz aktyori.
- 1938-yil — Viktor Chernomirdin, rossiyalik siyosiy arbob, Rossiya hukumati raisi (1992 —1998-yillar).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter