478 nafar bola operatsiya qilinadi — Saida Mirziyoyeva
«Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi Oftalmologiya shifoxonasida bo‘ldik. Shifoxona faoliyati va bizning xayriya aksiyamiz doirasida bu yerda tekshiruvdan o‘tayotgan jajji bemorlar bilan tanishdik.
Aksiyaning birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Hozirgi kunga qadar respublika bo‘ylab 2 964 nafar bola tekshiruvdan o‘tkazildi.
Navbat ikkinchi bosqichga. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi mutaxassislari ko‘magida bolalar ko‘zlarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan jarrohlik aralashuvining qiyinlik darajasiga ko‘ra kategoriyalarga ajratildi. Bundan kelib chiqqan holda, bolalarning ba’zilari viloyat kasalxonalarida, ba’zilari Toshkentda operatsiya qilinadi, ayrimlari esa xorijdan jalb etilgan mutaxassislar yordamida davolanadi. Jami bo‘lib 478 nafar bola operatsiya qilinadi. Bu 630 operatsiyani o‘z ichiga oladi», deb xabar berdi Saida Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter