Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Denovdagi tomosha»: uch yillik kafolat muddatining olti oyda «misi chiqdi»

«Denovdagi tomosha»: uch yillik kafolat muddatining olti oyda «misi chiqdi»

Illyustrativ surat

Surxondaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Jarqo‘rg‘on tumani «Mehnatobod» mahallasida yashovchi J.Jo‘rayevdan ariza kelib tushgan. Unda keltirilishicha, fuqaro 2018-yilning 23-aprel kuni Denov tumanidagi «Amir xolding» nomli do‘konidan 3 yillik kafolat muddati bilan 3 million 100 ming so‘mga televizor sotib olgan.

Ammo J.Jo‘rayev sotib olgan televizor 6 oy o‘tgach nosoz holga kelib qolgan, shundan so‘ng u «Amir xolding» do‘koni sotuvchisiga murojaat qilgan. Do‘kon sotuvchisi servis xizmatiga murojaat qilishni aytgan, xizmatidagilar bu televizor ularga tegishli emasligini aytib, do‘kon egasiga qayta murojaat qilishni maslahat berishgan.

J.Jo‘rayev ikki kun o‘tib yana borganda do‘kondagilar hatto uni qabul ham qilishmagan. U esa sotuvchiga televizorni sozlab yoki yangisiga almashtirib bermasa tegishli tashkilotlarga murojaat qilishini aytgan. Sotuvchi 15 kun ichida tuzatishga va’da berib, televizorni olib qolishgan. So‘ng bu muddat yana 3 kunga uzaygan, 3 kundan so‘ng yana borilganida turli bahonalar ro‘kach qilingan.

Ushbu ariza Denov tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va fuqaro J.Jo‘rayevning nosoz televizori yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring