Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3-8-aprel kunlaridagi ob-havo sabab tezkor xabar e’lon qilindi

3-8-aprel kunlaridagi ob-havo sabab tezkor xabar e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati tezkor ma’lumot e’lon qildi. Unda aytilishicha, olti viloyatda qor ko‘chish xavfi majud. 

2024-yil 3-8-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida; 

- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 28-martdan 2-aprelgacha ham ushbu hududlar aholisi qor ko‘chishidan ogohlantirilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring