Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2050-yilda dunyo qanday bo‘ladi? (foto)

2050-yilda dunyo qanday bo‘ladi? (foto)

Foto: «Climate Central»

Bilib turibmiz, sezyapmiz. Sayyoramizning ahvoli tobora og‘irlashmoqda. Global haroratning sekin, biroq bir yo‘sinda yuqorilashi oqibatida sayyoramizdagi muzliklar erib bityapti, dunyo okeani sathi ko‘tarilmoqda. Shu taxlitda dunyoning ko‘plab shaharlari, millionlab odamlarning uylari yaqin yillarda suv ostida qoladi.

«Climate Central» tadqiqotchilari loyihasida sayyoramizdagi diqqatga sazovor ayrim joylar 2050 yilda qay alfozga tushishi ko‘rsatilgan.

2050-yilda Yer harorati hozirgidan +3°C daraja yuqori bo‘ladi, aksariyat sohilbo‘yi shaharlarni suv yutadi. Hozirgi ahvolimiz bo‘lsa, halokat ehtimoliga 30 yildan kamroq qoldi.

«Climate Central» o‘z saytida shunday yozdi: «Kelgusi yuz yillikda dunyo okeani sathi balandligi hozirgi o‘n yillikda qaysi energiya va iqlimni tanlashimizga bog‘liq. Xo‘sh, biz qanday kelajakni tanlaymiz?»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring