2024-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi — Prezident farmoni
«2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):
- 22 mart – juma;
- 11 aprel – payshanba;
- 18 iyun – seshanba;
- 3 sentyabr – seshanba;
- 31 dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
- 2 yanvar – seshanba;
- 23 mart – shanba;
- 12 aprel – juma;
- 31 avgust – shanba;
- 30 dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter