Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yildan maxsus pensiya kartasi joriy etiladi

2022-yildan maxsus pensiya kartasi joriy etiladi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yildan bank kartasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan elektron chipli maxsus pensiya kartasi joriy etiladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Yangi Qaror loyihasiga ko‘ra:

2022-yil 1-apreldan boshlab pensiyalarni hisoblash fuqarolarning «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan mehnat staji, oliy o‘quv yurtlaridagi kunduzgi ta’lim va harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, jumladan pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan murojaat qilish kifoya bo‘ladigan tizimni joriy etiladi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab:

  • Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiya va nafaqalar to‘lash har uch yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi;
  • pensiya va nafaqalar yetkazilgani uchun xizmat haqini to‘lash uchun fuqarolarning har oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qo‘shimcha 1 foiz ustama joriy qilinadi hamda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda olish yoki arzonroq xizmatdan foydalanish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘ pensiya va nafaqa oluvchining ixtiyorida qoldiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring