Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yil so‘zi e’lon qilindi

2022-yil so‘zi e’lon qilindi

Amerikaning Merriam-Webster lug‘ati 2022 yil so‘zini e’lon qildi: «gazlayting».

Lug‘at ta’riflashicha, gazlayting — inson tomonidan uzoq vaqt davomida psixologik manipulyasiya qilish bo‘lib, odatda jabrlanuvchi(lar)da o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga, voqelikni yoki xotiralarni idrok etishga shubha uyg‘otadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga olib keladi.

2022-yilda internet orqali gazlayting haqida so‘rovlar 1 740 foizga oshgan.

«Gazlayting» (ingl. «gaz yorug‘ligi») atamasi 1938-yildagi pesa nomi va uning keyinchalik ekranlarda namoyish etilishi orqali paydo bo‘lgan. Syujetga ko‘ra, yosh ayolning turmush o‘rtog‘i uydagi gaz yoritqichni o‘chirib-yoqib, rafiqasini hech narsa bo‘lmaganiga ishontiradi.

Gazlayting tushunchasi ostida shuningdek shaxsiy manfaat olish uchun kim(lar)nidir g‘aflatda qoldirish ham tushuniladi. Bu atama yolg‘on, feyk, dezinformatsiya so‘zlari bilan ham mazmunan qarindosh hisoblanadi.

Oddiy ifodalaganda, gazlayting — yoritmaydigan chiroq. Elektr o‘chmaydi, gaz pasaymaydi, maoshlar oshadi, yo‘l, ko‘priklar quriladi,... xullas, qog‘ozda qolib ketuvchi, umidlarni sindiruvchi qop-qop va’dalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring