2018-yilgi davlat budjeti: noturar va turar joylar ijarasi minimal stavkalari saqlab qolindi
2018-yilda noturarjoy va turarjoylarni jismoniy shaxslarga ijaraga berishning ijara to‘lovi tayanch miqdorlarini saqlanib qoldi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan. Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan.
Qaror bilan ijara to‘lovi tayanch miqdorlari belgilab berilgan. Unga ko‘ra 2018-yilda noturar joylar ijarasi bir oylik minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 9 ming so‘m, Nukus shahri va viloyatlar bo‘ysinuvidagi shaharlarda 6 ming so‘m hamda boshqa aholi punktlarida 3 ming so‘mdir.
Turar joylar ijarasi uchun bir oylik minimal arenda stavkasi 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 4,5 ming so‘m, Nukus shahri va viloyatlar bo‘ysinuvidagi shaharlarda 3 ming so‘m hamda boshqa aholi punktlarida 1,5 ming so‘mni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter