16 mingdan ziyod inson «qora ro‘yxat»dan chiqarildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov 16 mingdan ziyod inson «qora ro‘yxat»dan chiqarilganini ma’lum qildi.
Maxsudov bu haqda Toshkent shahrida o‘tayotgan «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumidagi nutqida aytib o‘tdi, deya yozmoqda «Xabar.uz» muxbiri.
«Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbus asosida 2018 yili BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyaning amaliy ifodasi mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohtlarda yaqqol ifodasini topmoqda. Xususan, turli g‘arazli kuchlar ta’sirida diniy-ekstremizm faoliyatiga adashib kirib qolgan 16 mingdan ziyod inson huquqni muhofaza qilish organlari «qora ro‘yxati»dan chiqarildi», — degan Davronbek Maxsudov.
Shuningdek, rais o‘rinbosari bugungi kungacha o‘tkazilgan «Mehr» operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistonda og‘ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan 500 nafardan ziyod ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelinishi, konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash borasida qonunchiligimizdagi yangiliklarga ham to‘xtalib o‘tgan.
Avvalroq xalqaro miqyosdagi «Deklaratsiyalar muloqoti» so‘ngida O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqib, «Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinishi haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter