Prezident O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqqani haqida gapirdi
Prezidentimiz mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarni qayd etdi.
«So‘nggi besh yilda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, «Cotton Campaign» kuni-kecha O‘zbekistonni «qora ro‘yxati»dan chiqardi. Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani.
Buning hisobiga iste’mol mahsulotlarining xom-ashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qo‘shimcha 1,5 mlrd dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa bo‘ladi», dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, xom-ashyoni olib kelib, tayyor mahsulot chiqargan va uni chetga sotadigan (bojxona hududida qayta ishlovchi) korxonalarga apreldan boshlab:
- eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
- loyihalari doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona to‘lovlari ta’minoti talab etilmaydi;
- ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, 1 yil davomida ishlab kelayotganlariga ruxsatnoma har bir kontraktiga emas, balki korxona faoliyatiga beriladi;
- olib kelgan dastgohlari uchun bojxona bojlari undirilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter