Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

14 yoshli o‘quvchining Prezident Shavkat Mirziyoyevga yozgan maktubi

14 yoshli o‘quvchining Prezident Shavkat Mirziyoyevga yozgan maktubi

Foto: «Scholastic.com»

Tahririyatimizga Toshkent viloyatida yashovchi Xudoybergan Azizovdan xat keldi. Bola xati Prezidentgacha yetib borishi uchun uni yoritishimizni so‘ragan.

«Men 14 yoshdaman, maktabda o‘qiyman. Tug‘ilganimdan beri onam bilan ijaradagi kvartirada yashaymiz. Onamga juda qiyin, hokimiyatga ko‘p murojaat qilgan, turar-joy masalasida yordam berishlarini so‘ragan. Onamga har safar bizning oilamiz kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kirmasligini aytishgan, men uchun qiziq, unda kimlar kiradi yoki bu ro‘yxat uyi va otasi borlar uchunmi? Aytishlaricha, yaqinda qaror chiqibdi, yordamga muhtoj ayollarga kvartira berisharkan, biz tekinga berishsin deyotganimiz yo‘q, kvartira uchun oyma-oy to‘lashga qurbimiz yetadi! Onamning qiynalayotganini ko‘rish men uchun og‘ir va yoqimsiz. Nega bizni hech kim eshitmayapti? Nahotki bizning ham boshqa oilalar qatori yaxshi yashashga haqqimiz bo‘lmasa.

Hadeb bir kvartiradan ikkinchisiga ko‘chib o‘taverishimiz alam qiladi. Bechora onam o‘zi yugurib-yeladi, kvartira qidiradi, narsalarimizni tashiydi. Bunday hayotni tatib ko‘rmaganlar buning nimaligini tushunmaydi! Onamning yuzida esa tabassum, yashashim, intilishim uchun bu tabassum. Bilaman, u birgina meni deb bularga chidab kelyapti.

Tahririyatingizga savolim bor, nima deb o‘ylaysiz, xatim Prezidentgacha yetib borarmikan? Nazarimda, faqat boylar hamma narsaga erishishadi, bizlar esa dargumon. Prezidentning islohotlarini ko‘rib turibman, u muhtojlarga yordam berishni istayotganini bilaman, ammo tepadagi yomon amaldorlar unga xalaqit berishmoqda. Iltimos, xatimni Prezidentga yetkazing, menga va onamga yordam bering».

Biz xat Prezidentgacha yetishiga umid qilamiz va inshoolloh, bolakay maqsadiga erishadi.

Manba: Upl.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring