Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

14-aprel. Shohlar to‘yi, Ibn Rushd, 300 kishini cho‘ktirgan «Kleopatra», Potsdamning eng «qora kuni» va boshqa voqealar

14-aprel. Shohlar to‘yi, Ibn Rushd, 300 kishini cho‘ktirgan «Kleopatra», Potsdamning eng «qora kuni» va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Yoshlar kuni (Angola).
  • Yangi yil (Bangladesh).
  • Ona tili kuni (Gruziya).
  • Suv festivali (Myanma).
  • Panamerika kuni (Salvador, Haiti, Honduras, Venesuela).
  • Davlat avtomobil nazorati xodimlari kuni (Ukraina).

Voqea-hodisalar

  • 43-yil (mil. av.) — Gay Vibiy Pansa Setronian boshchiligidagi Sezar tarafdorlari qo‘shini Mark Antoniy qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi.
  • 972-yil — Rimda Germaniya qiroli va Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Otton II Vizantiya malikasi Feofano bilan nikohdan o‘tdi.
  • 1205-yil — Adrianopoldagi jangda shoh Kaloyan boshchiligidagi bolgar qo‘shini Balduin I yetakchiligidagi salibchilar bilan to‘qnashdi. Jangda zafar quchgan bolgarlar Lotin imperiyasi imperatori Balduinni asir olishdi.
  • 1543-yil — Bartolomeo Ferrelo ekspeditsiyasi San-Fransisko ko‘rfazini kashf etdi.
  • 1611-yil — Federiko Sezi birinchi bo‘lib «teleskop» so‘zini ishlatdi.
  • 1847-yil — Mumbaydan Singapurga mahbuslarni olib ketayotgan «Kleopatra» britan kemasi tropik to‘fon tufayli cho‘kib ketdi; 250 dan ziyod kishi halok bo‘ldi.
  • 1849-yil — venger isyonchilari Vengriyaning Avstriyadan mustaqilligini e’lon qilishdi.
  • 1864-yil — ispan floti Peru sohili yaqinidagi Chincha orollarini egallab oldi. Ispaniya-Janubiy Amerika urushi boshlandi.
  • 1865-yil — AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga suiqasd uyushtirildi; og‘ir yaralangan Linkoln ertasiga vafot etdi.
  • 1871-yil — Germaniyada parlament — reyxstag tashkil etildi.
  • 1879-yil — Rossiya imperatori Aleksandr II ga suiqasd uyushtirildi. Aleksandr II omon qoldi.
  • 1894-yil — Edison kinoproyektorining birinchi namoyishi.
  • 1900-yil — Parijda Yevropadagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma ochildi.
  • 1909-yil ingliz-fors neft kompaniyasi («British Petroleum»)ga asos solindi.
  • 1912-yil — «Titanik» kemasi Atlantika okeanida aysberg bilan to‘qnashib ketdi. Jiddiy shikastlangan kema 2 soatu 40 daqiqa ichida suvga g‘arq bo‘ldi; 1496 inson halok bo‘ldi, 712 kishi qutqarib qolingan.
  • 1912-yil — Braziliyaning «Santos» futbol klubi tashkil etildi.
  • 1927-yil — Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida birinchi «Volvo» konveyerdan chiqdi.
  • 1929-yil — Monte-Karloda avtopoyga bo‘yicha Monako birinchi gran-prisi o‘tkazildi.
  • 1931-yil — ispan inqilobi natijasida monarxiya ag‘darildi va Ispaniyada Kataloniya Respublikasi tashkil topdi.
  • 1945-yil — besh yuzdan ziyod britan samolyoti bomba yog‘dirishi tufayli Potsdam (Germaniya) shahrining tarixiy markazidan asar ham qolmadi.
  • 1956-yil — Charlz Ginzburg, Charlz Andersen hamda Rey Dolbi o‘z ixtirolarini — birinchi videomagnitofonni namoyish qilishdi.
  • 1967-yil — Haiti prezidenti, diktator Fransua Dyuvalening 60 yilligi tantanalari paytida poytaxt Port-o-Prensda bir nechta joyda bomba portlatildi. Portlashda haitilik muxolifatchilarning qo‘li bor edi, shu bois ommaviy repressiyalar boshlanib ketdi.
  • 1978-yil — Tbilisida xalq gruzin tilini rasmiy til qilish talabi bilan namoyishga chiqdi.
  • 1980-yil — birinchi tijoriy videokasseta (Harri Nyumenning konserti) Angliyada sotuvga chiqdi.
  • 1983-yil — birinchi radiotelefon Buyuk Britaniyada sotila boshlandi.
  • 1988-yil — Afg‘onistondagi qurolli mojarolarni bartaraf etish bo‘yicha Jeneva shartnomasi imzolandi.
  • 1991-yil — Van Gog muzeyidan 500 mln. dollarlik 20 ta surat o‘g‘irlab ketildi.
  • 2010-yil — Xitoyning Yushu shahrida zilzila bo‘ldi; 300 dan ziyod inson nobud bo‘ldi.
  • 2010-yil — Eyyafyadlayyokyudl (Islandiya) vulqoni otildi.

Tavallud kunlari

  • 1126-yil — Ibn Rushd (Averroes), arab faylasufi.
  • 1527-yil — Abraham Ortelius, flamand kartografi, birinchi zamonaviy atlas muallifi.
  • 1578-yil — Filipp III, Ispaniya qiroli.
  • 1629-yil — Xristian Hyuygens, holland matematigi, fizik, mexanik, astronom.
  • 1907-yil — Fransua Dyuvale, Haiti prezidenti (1957-1971).
  • 1965-yil — Yukixiro Matsumoto, yapon dasturchisi, «Ruby» dasturlash tili asoschisi.
  • 1973-yil — Edriyen Broudi, amerikalik aktyor va prodyuser, «Oskar» va «Sezar» mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring