11 yil hisobga kiritilmagan hisoblagich tufayli yozilgan qarz bekor qilindi
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanining Samandarak qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Sodiqovni yozgan arizasida ko‘rsatilishicha, elektr hisoblagichini qo‘yganiga 11 yil bo‘lishiga qaramay, elektr korxonasi bazasiga kiritilmaganligi, buning oqibatida elektr energiyasidan 740000 so‘m qarzdorlik hisoblanganligidan e’tiroz bildirilgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutahassislari va tuman MIB xodimi hamda tuman ETK xodimlari fuqaro N.Sodiqov bilan birgalikda holat o‘rganilganida fuqaro N.Sodiqovga elektr energiyasi iste’molchisi sifatida tegishli hisob-raqami berilganligi, yashash xonadonidagi elektr hisoblagichni 2007-yilda almashtirganligi, lekin tuman ETK xodimi tomonidan hisoblagichni almashtirilganligi to‘g‘risidagi «Naryad dalolatnomasi» rasmiylashtirilmaganligi, ETK PK-hisob dasturida esa umuman boshqa hisoblagich raqami turganligi, qolaversa ETK nazoratchisi tomonidan muntazam noto‘g‘ri ko‘rsatgich kiritib borilganligi oqibatida fuqaroning elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi 740 000 so‘mni tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Kuzatuv natijasida fuqaro elektr to‘lov daftarchasi va hisoblagichni oxirgi ko‘rsatgichi bo‘yicha hisob-kitob qilinganida qarzdorlik aslida 740 000 so‘m emas 18 000 so‘mni tashkil etganligi aniqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter