Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«100 oiladan 63 tasi 30 kishilik to‘yga rozi...»

«100 oiladan 63 tasi 30 kishilik to‘yga rozi...»

Foto: DXA

«Kasbim taqozosi bilan «to‘y qilaman» deb qarzga botgan va o‘sha to‘ydan keyin iqtisodiy qiyinchiligi tufayli hech qancha vaqt o‘tmay ajralib ketgan oilalarni bilaman» - deydi Qiziltepa tumani FHDYo bo‘limi mudirasi Go‘zal Norova. - Pandemik vaziyat tufayli hukumatning maxsus komissiyasi qarori bilan kamxarj to‘ylar boshlandi. Jamoatchilik bilan hamkorlikda tumandagi ikki mahalladagi aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdik. 100 oiladan 63 tasi 30 kishilik to‘yga rozi...»

Qiziltepa tumanining «Xomrabot» mahallasida yashaydigan Yavqochdiyevlar oilasi so‘rovnomada ishtirok etgan, kamxarj to‘yga joni dili bilan hayrihohlik bildirgan oilalardan biri. Yoshlarning ixtiyoriga ko‘ra, karantin qoidalariga rioya qilgan holda ularning nikohini fuqarolik holatlari dalolatnoma yozish bo‘limi binosida rasmiylashtirildi. Gulmira va Dostonbek Yavqochdiyevlar tuy uchun yiqqan mablag‘larini uy-anjomlari va mebel jihozlariga sarflamoqchi ekanliklarini bildirdilar.

Bunday oilalar bisyor. Kim ipoteka krediti, kim avtokredit uchun boshlang‘ich to‘lov mablag‘larini amalga oshirgan. To‘g‘rida, 400-500 kishi bilan o‘tgan to‘y 30 kishi bilan o‘tmaydimi? O‘tadi, dasturxon uchun  20 million o‘rniga 2 million pul sarflanadi, xolos. Endi qancha mablag‘ iqtisod qilinishini o‘zingiz chamalab ko‘ravering. Eng asosiysi, ayrim kuyov yigitlar uylanish uchun musofirlikda ming bir mashaqqat chekib ishlashga majbur bo‘lmaydilar. 

2020-yilning 1-iyun holatiga Navoiy viloyati bo‘yicha 1440 nikoh qayd etilgan. Shundan 235 tasi Qiziltepa tumani hisobiga to‘g‘ri keladi. Albatta, o‘tgan yilga nisbatan karantin cheklovlari sabab nikohlanuvchilarning ko‘rsatkichi pasaydi.

Laziz Xamrayev,
DXA Navoiy viloyati boshqarmasi maslahatchisi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring