Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-yanvardan 28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlanadi (to‘liq ro‘yxat)

1-yanvardan 28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlanadi (to‘liq ro‘yxat)

Foto: «Xabar.uz»

«Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4546-son, 09.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

  • hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkaziladi;
  • hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi;
  • davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi (quyidagi ro‘yxatga qarang) hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 

Prezident va Hukumat hujjatlari bilan tuzilgan (ro‘yxati mazkur qarorda keltirilgan) idoralararo kollegial organlari tugatiladi.

Jumladan, qarorga muvofiq turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish funksiyasi hokimliklardan tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga o‘tkaziladi.

Shuningdek, hokimliklarning bozor faoliyatini to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qilish kabi vakolatlari bekor qilinadi.

2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur hujjat Adliya vazirligi takliflari asosida ishlab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring