Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-mayga qadar suv ta’minoti bo‘lmagan mahallalar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

1-mayga qadar suv ta’minoti bo‘lmagan mahallalar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Davlatimiz rahbari qayd etilgan tajribalardan kelib chiqib, 1-mayga qadar suv ta’minoti bo‘lmagan mahallalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni toifalarga ajratishga topshiriq berdi.

Bunda qaysi mahallada quduq qazish, qaysi biriga markazlashgan tarmoq tortish yoki markaziy hovuz barpo etish lozim, degan savollarga aniq javob bo‘lishi zarur.

Bu ishlarga xususiy sektorni jalb qilish uchun quyidagi yengilliklar beriladi:

- suv yetkazib berish uskunalari, maxsus transport xarid qilishga va ob’yektlar qurish uchun kredit foizining 14 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi;

- import qilinadigan uskunalar va texnikalarga bojxona bojlari bekor qilinadi;

- xususiy sektor ishtirokidagi suv ta’minoti korxonalariga foyda, yer, mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi;

- ijtimoiy buyurtmalar uchun budjetdan har yili kamida 50 milliard so‘m grant ajratiladi;

- ushbu mahallalarda xususiy suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori mahalliy Kengashlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring