Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zurab Pololikashvili UNWTO Bosh kotibi lavozimiga uchinchi muddatga saylanish huquqini qo‘lga kiritdi

Zurab Pololikashvili UNWTO Bosh kotibi lavozimiga uchinchi muddatga saylanish huquqini qo‘lga kiritdi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasida Zurab Pololikashviliga faoliyatini davom ettirish uchun qayta saylanish imkoniyati berildi.

Ma’lumot uchun, Zurab Pololikashvili 2017 yilda UNWTO Bosh kotibiga aylangan. 2022 yilda Madridda bo‘lib o‘tgan Bosh Assambleyaning 24-sessiyasida esa ikkinchi bor qayta saylandi. Uning amaldagi vakolat muddati 2025 yilda tugaydi. Shu yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan UNWTO Bosh Assambleyasining 26-sessiyasida tashkilot bosh kotibligiga navbatdagi saylov o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joizki, Zurab Pololikashvili boshchiligida UNWTO tomonidan bir qancha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. UNWTOga a’zo davlatlarda xorijlik turistlar soni keskin oshdi. Xususan, O‘zbekistonga 2022 yilda 5,2 million xorijlik sayyoh kelgan bo‘lsa, 2023 yilda bu raqam 7 millionga yetdi.

Alohida qayd etish kerakki, pandemiya davrida ham Zurab Pololikashvili turizm sohasi rivojiga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirdi. Buning samarasi o‘laroq turizm sohasi barqarorligini nisbatan saqlab qoldi va pandemiyadan keyin jadal suratlarda rivojlanmoqda.

Qolaversa, tashkilotga a’zo davlatlar soni ortib bormoqda. So‘nggi ikki yil ichida moliyaviy menejmentda misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishildi: 2023 yilda tashkilot budjetning muntazam daromadi 14,3 million yevroga yetdi. Zurab Pololikashvili bu mablag‘lar tashkilotga a’zo davlatlarda turizm sohasi rivoji uchun sarflanishini bir necha bor ta’kidlagan.

Bundan tashqari, UNWTO hozirda 58 millat vakillaridan iborat 186 nafar xodimga ega. Tashkilot yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, gender tengligiga amal qilmoqda.

Zurab Pololikashvili UNWTO Bosh kotibi sifatida Argentina, Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston kabi davlatlardagi faoliyatini yanada kuchaytirish niyatida. Tashkilot, shuningdek, ta’limni kuchaytirish, investitsiyalarni oshirish va izchil islohotlar orqali turizm sohasini yanada rivojlantirishni ustuvor maqsad sifatida belgilagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring