Zargarlarga «Navoiy KMK» DK va «Olmaliq KMK» AJdan 5 gramm va undan ortiq bo‘lgan granulalarni sotib olish huquqi berildi
O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF–5721, 18.05.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmon bilan 2019-yil 1-iyuldan:
- zargarlik bo‘yicha litsenziyasi bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘zi ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga asillik darajasi izlarini qo‘yish huquqi berildi;
- zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi litsenziyaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini mustaqil sotishi, aholidan qimmatbaho metallar parchalari, qimmatbaho toshlar va buyumlarni sotib olish huquqiga ega;
- davlat ulushi bo‘lmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil belgilaydi;
- jismoniy shaxslar qiymati 5 ming dollardan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishi mumkin;
- zargarlik sohasidagi tadbirkorlar «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasiga ixtiyoriy a’zo bo‘lsa, uyushma a’zolarining imtiyoz va preferensiyalari ularga ham tatbiq etiladi.
2019-yil 1-iyundan qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi.
Farmon bilan, tijorat banklari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga quyidagi huquqlar berildi:
- «Navoiy KMK» DK va «Olmaliq KMK» AJdan qimmatbaho metallarni o‘lchov plastinalari ko‘rinishida, 5 gramm va undan ortiq bo‘lgan granulalarni London qimmatbaho metallar birjasining tongi fiksingi asosida sotib olish;
- sotib olingan metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga sotish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter