Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi to‘lov tizimi nomini foydalanuvchilar tanlaydi

Yangi to‘lov tizimi nomini foydalanuvchilar tanlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentyabrdagi «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yangi chakana to‘lov tizimini yaratish maqsadida Markaziy bankka Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) tashkil qilish vazifasi yuklatilgan edi.

Shu munosabat bilan Markaziy bank yangi protsessing markazi nomini aniqlash uchun tanlov e’lon qildi.

O‘z hissasini qo‘shish istagini bildirgan yurtdoshlarimiz g‘oya va takliflarini Markaziy bankka ushbu manzil orqali taqdim etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • Birinchi bosqichda mazkur tizimni nomlash bo‘yicha takliflar joriy yilning 10-oktyabriga qadar qabul qilinadi va shu bilan birga eng yaxshi g‘oyalar (short-list) tanlanadi.
  • Ikkinchi bosqichda, birinchi bosqich natijasi bo‘yicha aniqlangan eng yaxshi g‘oyalar orasidan g‘olibni ovoz berish yo‘li orqali fuqarolar tomonidan aniqlanadi (ovoz berish tartibi short-list shakllangandan so‘ng e’lon qilinadi).

To‘lov tizimining nomi o‘zida milliy uyg‘unlikni aks ettiruvchi bir yoki ikki so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring