Yana bir soha tadbirkorlari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydi
2020-yil 1-martdan boshlab alkogol mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tkaziladi. Bu prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirilgan.
Qaror loyihasiga ko‘ra, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab noqonuniy olib kirilgan va realizatsiya qilinayotgan etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini aniqlagan shaxslarni mazkur huquqbuzarlik uchun qonunchilikda belgilangan jarimalar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2020-yil 1-aprelga qadar alkogol mahsulotlarini elektron navbat orqali realizatsiya qilish portali, 2020-yil dekabrgacha jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi maxsus dasturiy ilova joriy etilishi belgilangan.
Qayd etilishicha, «Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati» AJ investitsiya majburiyatlarini qabul qilish va tarixiy ahamiyatini saqlab qolish sharti bilan «nol» qiymatda sotilishi mumkin.
Muhokama joriy yilning 22-yanvariga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter