XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotini 5,5 foizga o‘sishini prognoz qilyapti
Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan hisobotlarga ko‘ra geosiyosiy ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan jahon savdosidagi uzilishlar global iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.
Shunga qaramay, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida, jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon davlatlarida iqtisodiy o‘sish tendetsiyasi saqlanib qolayotgan bo‘lsa, mintaqadagi qolgan davlatlar va asosiy savdo hamkor mamlakatlarning aksariyatida iqtisodiy o‘sish sur’atlari sekinlashishi kutilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2023-yil oktyabr oyi hisobotiga ko‘ra, 2023-2024-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida 5,5 foiz o‘sish kuzatiladi.
2023-yilgi xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozlariga ko‘ra joriy yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 5,5 foiz atrofida va 2024 yilga borib ushbu ko‘rsatkich 5,5-5,6 foizlar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, bunda, 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotni 4 ming AQSh dollarga yetkazish bo‘yicha belgilangan maqsadidan kelib chiqib prognoz qilingan.
Buning uchun keyingi yillarda dunyoda kuzatilayotgan iqtisodiy va siyosiy noaniqliklar qaramasdan O‘zbekistonning barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida qator vazifalar belgilab olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter