Xitoy portida Toshkentning xorijdagi omborlari ochildi

Shimoli-g‘arbiy Xitoyda joylashgan Gansu provinsiyasining ma’muriy markazi Lanchjou xalqaro quruq portida Toshkentning xorijdagi omborlari ochildi. Hajmi 9 ming kub metr bo‘lgan yangi omborlar O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan tovarlarni saralash funksiyasini bajaradi.
Xabarda aytilishicha, xorijda omborlar tashkil etilishi hisobiga tovarlarni xaridorlarga yetkazib berish muddati 30 kundan uch yoki to‘rt kungacha qisqartirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash omborlar Toshkentda shu yilning oktyabr oyida ish boshlagan.
Mutaxassislarning fikricha, yangi model «xalqaro yuk poyezdlari va xorijdagi omborlar» transchegaraviy yuk tashish barqarorligini oshiradi.
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi boshlanganidan beri Gansu va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tobora yaqinlashib bormoqda. Gansu qishloq xo‘jaligi va qo‘shimcha mahsulotlar, mexanik jihozlari va o‘zbek paxta iplari o‘zaro savdoning asosiy tovarlari hisoblanadi.
Bundan tashqari, 2020 yil iyun oyida Gansu shahridan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston aralash xalqaro yuk tashish yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter