Xitoy konteyner poyezdi Turkmanistondan Eronga sinov qatnovini amalga oshirdi
Turkmanistondan Eronga Akyayla temir yo‘l stansiyasi orqali konteyner poyezdi Xitoy-Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron yo‘nalishida yana bir sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda «CA-NEWS» xabar tarqatdi.
2017-yil 28-dekabrda Xitoyning janubiy qismidagi yirik sanoat markazi — Changsha (Xunan provinsiyasi) shahridan iste’mol tovarlari bilan yo‘lga chiqqan 41 ta konteyner vagonli poyezd muntazam harakatlanish uchun marshrutning vaqtinchalik va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi.
Chansha (Xitoy) – Altinkol (Qozog‘iston) – Bolashak – Serxetyaka (Turkmaniston) – Akyayla – Incheburun (Eron) - Tehron yo‘nalishi bo‘yicha poyezdning jo‘natilish marosimi tantanali ravishda o‘tdi. Tadbirda yuqori martabali rahbarlar, XXR hukumati va tadbirkorlar doirasi, shuningdek, loyihada ishtirok etuvchi davlatlar, jumladan, Turkmaniston vakillari ishtirok etdilar.
To‘rt do‘st mamlakatning transport va logistika infratuzilmasini sinovdan o‘tkazgan ilk yuk poyezdi Qozog‘istonning Altinkol chegara stansiyasiga 4-yanvar kuni kelgan bo‘lsa, 7-yanvar kuni Turkmaniston chegaralariga yaqinlashdi va u yerda Serxetyaka stansiyasida tantanali ravishda kutib olindi.
Keyinchalik, Turkmanistonning Bolqan viloyati janubida joylashgan Oqyayla stansiyasigacha 825 kilometr yo‘l bosib, muddatidan avval Eron hududiga kirib bordi. Yo‘l bosish vaqtining qisqarishi transport xarajatlarini kamaytiradi va marshrutning iqtisodiy rentabelligini oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter