Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari ishlamayapti. Nima qilish kerak?

Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari ishlamayapti. Nima qilish kerak?

Foto: «Xabar.uz»

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari ishlamayotgani va bundan paydo bo‘layotgan noroziliklar haqida ko‘p yozilmoqda.

«Davletovuz» kanalining qayd etishicha, pul o‘tkazmalari tizimlarining Rojdestvo va Yangi yil bayramlari arafasida yillik inventarizatsiya va yakuniy kliring maqsadlarida bir necha kunlik tanaffus olishi har yili yuz beradigan amaliyot. Shu bilan birga, pul o‘tkazmalari operatorlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning (ularning korrespondentlarining) Yangi yil arafasida ta’tilga chiqib ketishi holati mavjudliginiyam inobatga olmoq joiz.

Yana bir omil o‘zbek banklarining pul o‘tkazmalari tizimlari bo‘yicha ongli ravishda katta xatarga borishni istamasliklari hisoblanadi. Bu tabiiy. Operatorga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ta’tilda bo‘lgan kunlarida o‘zbek banklarining pul o‘tkazmalari bo‘yicha haqdorligi bir necha o‘n million dollarga yetadi. Masalan, «Zolotaya korona» yoki «Yunistrim» kabi ruslarga tegishli tizimlarning 5 yil avvalgi «Migom» tizimining yopilishi kabi bir kunda faoliyatini to‘xtatishi mumkinligidan hech kim sug‘urtalanmagan. Sanalgan tizimlarning O‘zbekiston banklarida joylagan sug‘urta depozitlari esa bir necha soatlik o‘tkazmalarni qoplashga ham yetmaydi. Mana shunaqa ahvol.

Pul o‘tkazmalari tizimlari bo‘yicha operatsiyalarning vaqtincha to‘xtatilishi borasidagi xabarnomalar o‘zini va mijozlarini hurmat etadigan banklar tomonidan bir necha kun muqaddam ma’lum qilingan. Buni ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, saytlarida ham ko‘rish mumkin.

Aytgancha, shunaqa paytlar onlayn o‘tkazmalardan foydalanish mazkur muammoni hal etishda qo‘l keladi. Masalan, «Aloqabank» tomonidan 26-dekabrda «Zolotaya Korona» bilan joriy qilingan onlayn o‘tkazmalar xizmati orqali mobil dasturdan bir necha soniyalarda kartaga so‘mda pulni tushirish mumkin. Bankka borishning hojati ham yo‘q, deb yozmoqda bloger.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring