Xalq bankining Surxondaryo viloyat filiali zamonaviy binoda ish boshladi

Bugungi kunda aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ulardan biri Xalq bankining Surxondaryo viloyat filiali aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi.

Bank matbuot xizmatining xabar berishicha, yangidan qad rostlagan bino qurilishiga 8,7 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Zamonaviy bino yangi mebil jihozlari bilan ta’minlangan. E’tiborlisi, binoga kiraverishdagi militsiya posti o‘rniga, mijozlarga maslahat beruvchi resepshn xizmati tashkil etilgan. Shuningdek, bankda yuridik shaxslar uchun alohida, jismoniy shaxslar uchun alohida xizmat ko‘rsatish joylari tashkil etilgan.

Bugungi kunda Xalq banki Surxondaryo viloyat filiali tomonidan hududdagi 7 mingdan ortiq mijozga barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. E’tiborlisi, ushbu mijozlarning yarmidan ko‘pi bank xizmatlaridan masofadan turib foydalanishadi.

Foydalanishga topshirilayotgan mazkur filialning zamonaviy qiyofa kasb etishi aholiga va mijozlarga yanada sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter